• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-31

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

topics-img

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonalari hududlarda  “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va uning tizimidagi tashkilotlarda ham bu kabi tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz munosabati bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida ham tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev barcha yig‘ilganlarni mustaqillik bayrami bilan tabriklab, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar olib borilayotgani, bugungi kunda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida ham amaliy ishlar olib borilayotgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, moddiy-texnika baza mustahkamlanayotganiga alohida to‘xtaldi. Ustuvor vazifalarni amalga oshirishda fidoyi va faol xodimlarning ham xizmati katta bo‘layotganini qayd etdi.

Bayram tadbirining asosiy qismida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasidan:

Primov To‘lqin Xolto‘raevich – Sanitariya-epidemiologik xulosa berishni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i;

Saydiganiyeva Lalixon Shavkatovna – Sanitariya-gigiyena va DPMlarni nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

fidokorona xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, Sanepidqo‘mitaning hududiy boshqarmalaridan:

Umarov Maxmarasul Do‘smatovich – Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

Raximov Yusup Tursunovich – Samarqand viloyati boshqarmasi ovqatlanish gigiyena bo‘limi mudiri;

Avezov Rustam Rajabovich – Buxoro viloyati boshqarmasi Parazitologiya bo‘limi parazitolog vrach yordamchisi;

Baymatova Maxfuza Mansurovna – Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi sanitariya-gigiyena bo‘limi mudiri;

Xasanov Jurabek Xamrabaevich – Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

Qutlimuratov Bahadir Baqitbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i;

Nishanova Gavxar Miliyevna –  Namangan viloyati boshqarmasi O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi mudiri;

Shomuradov Shayxzoda Xamdamovich – Samarqand viloyati Jonboy tumani bo‘limi boshlig‘i.

“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev Sanitariya-epidemiologiya xizmati rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta’minlashdagi mashaqqatli xizmatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining faxriy yorlig‘i tantanali ravishda topshirdi.

Bayram tadbiri so‘ngida Eng ulug‘, eng aziz shodiyona bilan yana bir bora qutlanib, yig‘ilganlarga kelgusidagi ishlarga muvaffaqiyatlar, sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilandi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee