• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-07-03

BRIFING: MTTLARDA O‘TKAZILGAN O‘RGANISH ISHLARI BO‘YICHA MA’LUMOT

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari  hamda Sanitariya qoidalari va me’yorlari talablarga  rioya qilinishi  ustidan nazorat o‘tkaziladi.

Respublikada jami 6824ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 18,0% “Autsorsing usul”da,  82,0% “An’anaviy usul”da tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish tashkil etilgan.

2024 yilning 3 oyi davomida  Qo‘mitaning xududiy boshqarmalari tomonidan 1272 ta  maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruvlar amalga oshirilgan.

Tekshirishlar davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kimyoviy tahlillar uchun jami 26534 ta namunalar olingan, shulardan 1554 tasi, ya’ni  5,8% talabga javob bermagan bo‘lsa, bakteriologik tahlillar uchun olingan 31791 ta namunalardan 3149 tasi, ya’ni 9,9% Sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga javob bermagan.

Guruhlarda xona haroratini (mikroiqlim ko‘rsatgichlari) 7921 ta holatda tekshirilgan va 612 tasida xarorat talab darajasida emasligi aniqlangan. Yorug‘lik ko‘rsatgichlari 14658 ta nuqtada o‘lchangan va 1250 tasida yoritilganlik darajasi pastligi aniqlangan.

Tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini to‘g‘ri va xavfsiz tashkil etilganligi ustidan nazoratni amalga oshirish chog‘ida mikrobiologik ko‘rsatgichlarga tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan 3062 ta namuna olingan va ulardan 109 tasi talabga javob bermagan, ichimlik suvidan esa 1865 ta olingan namunadan 57 tasi talabga javob bermagan.

Kimyoviy tahlillar uchun ovqat to‘yimliligi 1242 ta namunalar tekshirilgan, shulardan 189 ta namunada ovqat to‘yimliligi past ekanligi aniqlangan, sabzavotlarda nitrat qoldiqlarini tekshirish uchun 3501 ta namuna olingan, 76 ta namunada nitrat qoldiqlari borligi aniqlangan, osh tuzida yod miqdorini aniqlash uchun 760 ta namuna tekshirilgan va ularning 243 tasida namunalarda yod miqdori me’yorga nisbatan kamligi aniqlangan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan 1102 ta holatda ma’muriy choralar (jarimalar) qo‘llanilgan, 92 ta muassasalarining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 228 nafar ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmaganliklari sababli ishdan vaqticha chetlatilgan va 104 kgdan ortiq miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj qilingan. Qo‘mita tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari o‘sib kelayotgan yosh avlodni to‘g‘ri va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda bolalar o‘rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olishga xizmat qiladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee