• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-07-02

BRINZA VA TUZLI PISHLOQ MAHSULOTLARI XAVFSIZLIK KO‘RSATKICHLARI BO'YICHA TEKSHIRILDI

topics-img

Brinza mahsuloti ham o‘z tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy birikmalari va yurakning normal fiziologik faoliyatini rag‘batlantiruvchi glikozidlarga boy bo‘lib, mutanosib ovqatlanish ratsionida nonushta vaqtida kuten o‘simligi barglari va yashil zaytun donachalari bilan iste’mol qilinishi foydali va shifobaxsh hisoblanadi. 

Gigiyenik nuqtai-nazardan ichimlik suvi qadoqlab ishlab chiqarish korxonalari, go‘sht va go‘sht mahsulotalri ishlab chiqarish korxonalari, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari epidemiologik ahamiyatga ega va doimiy ravishda xavf omillari tahlil qilinishi lozim bo‘lgan obyektlardan sanaladi. Tabiiyki, bu korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ham saqlash, tashish va realizatsiya qilinishi jarayonida bir muncha qatiy talablarga rioya etilishini taqazo etadi.

Ayni shu kabi talablar bajarilayotganiga gigiyenik baho berish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi sanitariya  bo‘linmasi laboratoriya kompleksining sanitariya-bakteriologik, sanitariya-gigiyenik va radiologik laboratoriya mutaxassislari tomonidan iste’mol bozoriga taqdim etilayotgan  brinza mahsulotlari  bakteriologik, kimyoviy va radiologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlildan o‘tkazildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee