• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-07-01

SANITARIYA TALABLARIGA ZID RAVISHDA ISHLAYOTGAN SOMSAXONA FAOLIYATI TO'XTATILDI

topics-img

Tamaddixonalar, ovqatlanish shoxobchalarida o'z vaqtida o'tkazilmagan tozalik tadbirlari, yuvilmagan idishlarning to'planib turishi, mahsulotlarning muzlatgichlarda saqlanmasligi juda ko'plab yuqumli kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.

Shular jumlasidan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, aholini ovqatdan zaharlanishiga moyilligi yuqori hisoblanagan obyektlarning faoliyati yana bir marotaba nazoratdan o'tkazildi.

Xususan, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakildan olingan ruxsatnoma asosida, "Yangi zamon" MFY Banokatiy ko'chasi 163-uyda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektida sanitariya holatlari bo'yicha tekshiruv o’tkazildi.

Tekshiruvning eng muammoli jihati shundaki, SanQvaM talablariga mutlaqo mos kelmaydigan holatda, somsa tayyorlash uchun mo'ljallangan hududda hech qanday oqava suv tizimi tashkil etilmaganligi, qo'l yuvish joylari mavjud emasligi va maxsus uskunlarning o'rnatilmaganida bo'ldi.

Bundan tashqari, hech bir ishchi xodimda tibbiy ko'rik xulosalari, sanminimmum o'quv kurslarida ta'lim olmaganliklari aniqlandi. Shuningdek, muzlatgichlarning o'z vaqtida tozalanmay hidlanib qolganligi, foydalanilgan idish-tovoqlarning yuvilmasdan qolganligi kuzatildi.

Mazkur aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorga qonunda belgilangan tartibda chora ko'rildi va somsaxona faoliyati vaqtincha to'xtatildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee