Kecha Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Aholi salomatligining sanitariya-gigiyenik va tibbiy-biologik muammolarini hal etishdagi innovasion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjuman atrof-muhitni muhofaza qilish, kasbiy xavflarni boshqarish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha samarali tibbiy-profilaktika choralarini ishlab chiqish bo‘yicha to‘plangan tajribani umumlashtirish imkonini beradigan Xalqaro tadbir maqomiga ega bo‘ldi.
Davlat rivojlanishining hozirgi bosqichi ilm-fan, shu jumladan gigiyena sohasi, shuningdek, innovatsiyalarni joriy etish yo‘li orqali to‘g‘ri baholanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oldida turgan ustuvor vazifalar qatorida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash uchun tahlil qilish, prognozlash va xavflarni boshqarishning yuqori texnologiyali usullari va mezonlarini ishlab chiqish, ilmiy asoslangan profilaktika choralarini ishlab chiqish asosida ijtimoiy-gigiyenik monitoring va xavfga yo‘naltirilgan nazoratni takomillashtirish alohida ahamiyatga egadir.
Tadbir avlodlar uzluksizligi, tashabbuskorligi, sadoqati va gigiyena faniga sodiqligining timsolidir. Ta’kidlash joizki, yetakchi olimlar va gigiyenistlarning sa’y-harakatlari tufayli institut nafaqat inson resurslarini saqlab qoldi, balki har yili sog‘liqni saqlashning amaliy muammolarini hal qilishda faol ishtirok etadigan yosh, yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirdi. Tadbirda ishtirok etish gigiyena fanlari va profilaktika xizmatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyatdir.
Bu yil mamlakatimizda Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti rasman tashkil etilganiga 90 yil to‘ldi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy bosqichida aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlash maqsadida ilm-fan yo‘nalishi atrof-muhit va ishlab chiqarish muhitining zararli va xavfli omillari ta’sirining yashash sharoiti va turmush tarzining aholi salomatligiga xavfini baholashning yangi tibbiy-profilaktik ilmiy asoslangan yondashuvlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish Institutning asosiy vazifalaridan bo‘lib kelmoqda.
Soha xodimlarining tinimsiz mehnatlari sababli yurtimizda turli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha gigiyena sohasining barcha yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xalq salomatligini saqlash va aholi salomatligini osoyishtaligini ta’minlashdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilash bilan birga sohaning barcha xodimlarini 90 yillik yubiley bilan samimiy qutlaymiz!
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee