Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil 20 - yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-14-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, joylardagi DPMlarda shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar.
2. Respublikada qayd etilayotgan ovqatdan zaharlanish holatlari tahlili va o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar.
3. Aholining sanitariya-gigiyenik va tibbiy savodxonligini oshirish, barqaror epidemik vaziyatni saqlab qolish maqsadida hududlarda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, hududiy boshqarmalarning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyati hamda bo‘limlarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari.
4. Turli masalalar.
1. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Bahrom Igamberdiyev kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 - yil 20 - yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-14-son qarorida berilgan vazifalar ijrosi, joylardagi DPMlarda shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish tadbirlarining amalga oshirilish holati bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.
Respublikamizda oxirgi yillarda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashga yo‘naltirilgan qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirilishi natijasida OIV infeksiyasiga yiliga 4,5 mlndan ortiq tekshiruvlar o‘tkazildi.
2. Respublikada qayd etilayotgan ovqatdan zaharlanish holatlari va o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida
Sanepidqo‘mita birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov tomonidan ma’lumot berib o‘tdi.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aholi o‘rtasida umumiy zaharlanishlar uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelayotgani aytib o‘tildi.
3. Aholining sanitariya-gigiyenik va tibbiy savodxonligini oshirish, barqaror epidemik vaziyatni saqlab qolish maqsadida hududlarda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, hududiy boshqarmalarning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyati hamda bo‘limlarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha
Sanepidqo‘mita Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i Maftuna Saidova so‘zga chiqdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlari haqidagi axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazib berish, tashkilotning ijobiy imidjini yaratish hamda sohaga oid noto‘g‘ri xabarlarni tarqalishining oldini olish kabi ustuvor vazifalar, Axborot xizmati bo‘limining, hududlarda esa “Jamoatchilik bilan aloqalar” bo‘limi xodimlarining eng asosiy vazifasi hisoblanadi.
Joriy yilning 9 oyida 7 ta matbuot anjumani, 22 ta onlayn efir va 8 ta brifing o‘tkazilgan.
Teleko‘rsatuvlar jami - 379 ta, radioeshittirishlar – 92 ta, maqolalar – 103 ta, videoroliklar – 183 ta.
Axborot yetkazib berish shakli:
ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va veb-saytlar orqali –1450 ta, infografika 73 ta axborotni foto, audio va video shaklida yetkazish – 1343 ta targ‘ibot materiallari e’lon qilingan.
Seminarlar – 25 ta, press-turlar – 4 ta
Monitoring davomida hududlardagi tuman va shahar bo‘limlari tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangani aytib o‘tildi.
Hay’at kengashi turli masalalar va viloyatlardan berilgan savol –javoblar bilan yakunlandi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommitte