• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-06-28

MAVSUMIY XASTALIK: YOZDA SALMONELLYOZGA CHALINISH NEGA KO‘PAYADI?

topics-img

 Yozning jazirama kunlarida aholi orasida mavsumiy kasalliklar ko‘p kuzatiladi. Shulardan biri salmonellyozdir (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB/10118).

Xo‘sh, bu xastalik qanday kelib chiqadi? Uning o‘ziga xos belgilari va oldini olish usullari nimalardan iborat?

Salmonellyoz – o‘tkir ichak infeksiyasi bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi Salmonella turkumiga kiruvchi bakteriyalardir, — deydi mutaxassis. — Ularning 2000 ga yaqin serologik xillari bo‘lib, 700 dan ko‘prog‘i odamlarda uchraydi. Xastalik yil davomida kuzatilib, yoz va kuz oylarida bemorlar soni bir muncha ko‘payadi.

Kasallik asosan go‘sht, sut, baliq, tuxum hamda termik ishlov berilmagan boshqa mahsulotlar — meva-sabzavot va ko‘katlarni iste’mol qilish, zararlangan ochiq suv havzalarida cho‘milish va suv iste’mol qilish, bemor bilan muloqotda bo‘lish hamda salmonellalar bilan ifloslangan idish-tovoqlar, o‘yinchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi.

 Shuningdek, salmonellalar havo-chang orqali ham yuqishi mumkin. Sababi ushbu bakteriyalar 20-25 daraja haroratda 80 kungacha yashay oladi. Xastalik yosh bolalar, homiladorlar va keksalarda nisbatan og‘irroq kechadi.

Salmonellyozning bir necha belgilari bor. Ko‘ngil aynishi, qusish, tana haroratining ko‘tarilishi, qorin og‘rig‘i, ich ketishi, umumiy zaharlanish va bosh aylanishi asosiy simptomlardir. Kasallikning inkubasion davri 6-8 soatdan 2-3 kungacha cho‘ziladi. Ko‘pincha 12-24 soat davom etadi.

 Kasallikka qarshi kurashish va uning oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish va yeguliklarni tayyorlashda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim.

 Shuningdek, tez buziladigan taomlarni sovutgichda saqlash, ovqatlanishdan va yegulik tayyorlashdan avval hamda hojatxonadan foydalangach, qo‘llarni sovunlab yuvish zarur.

 Salmonellyoz bilan og‘rigan bemorlar kasalxonaga yotqizilishi, bemorning uyidagi kishilar bir hafta davomida shifokor nazoratida bo‘lishi muhim hisoblanadi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee