Bugun Urganch shahrining “KARAVAN” mehmonhonasida jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda hodisalarga tayyorgarlik yuzasidan bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik o‘quv - seminar o‘z ishini boshladi.
YUNISEF tashkiloti, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad XTSQ 2005 ni O‘zbekiston Respublikasida bajarilishini tashqi baholashdagi tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hududlardagi mutaxassislarning bilim darajasini oshirish va FVV va Sanepidqo‘mita mutaxassislarini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan hamkorlikda ishlashga o‘rgatish.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee