Yangiliklar

2024-10-16

O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI

topics-img

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti ilmiy tadqiqotchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” atamasi tushunishlari bo‘yicha o‘tkazilgan  so‘rovnomada o`quvchilar quyidagicha javob berishdi:

“Sog‘lom turmush tarzi” atamasi

75,3 foiz holatlarda jismoniy faollikni anglatishini;

52,4 foiz holatlarda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni;

41,2 foiz holatlarda sog‘lom ovqatlanish ekanligi deb tushunishlarini aytib o‘tishdi.

Shu bilan birga o‘quvchilar

29,4 foiz holatlarda tamaki mahsulotlarini, 28,6 foiz holatlarda giyohvand moddalarni,  26,9 foiz holatlarda alkogol ichimliklarni iste’mol qilmaslikni sog‘lom turmush tarziga amal qilish deya javob variantlarini berishgan.

Ovqatlanish buzilishini erta aniqlash keyingi yosh davrlarda inson hayotining sifatini yaxshilashi aniqlandi. Yaqin xorij davlatlar olimlarining tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, oziq-ovqat orqali makro- va mikronutrientlarni qabul qilinishni nomutanosibligi emotsional zo‘riqish va stressning kuchayishiga, shuningdek, emotsional va xulq-atvor, intellektual rivojlanish va aqliy faoliyat  sohalarida og‘ishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee