Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi
aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki:
• har kuni
aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot
va mevalar iste’mol qilmaydi;
• aholining
yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz;
• fuqarolarning
46,3% qonida xolesterin miqdori me’yordan yuqori;
• aholining
o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.
Bu Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p
(kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.
Aholi o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va
qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom
va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek, yetarli
darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik qanday oqibatlarga olib
keladi?
·
yoshlarda
o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish;
·
kattalarda
esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib
keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee