Joriy yilning 5 fevral kuni Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Gigiyena ilmiy-amaliy markazi direktori o‘rinbosari meditsina fanlari nomzodi V.Sharamkov, bo‘lim boshliqlari – V. Grinchak, T.Krimskaya, Ye.Nikolayeva hamda T. Proninalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Sanepidqo‘mita hamda Sanitariya-epidemioligik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi rahbariyati hamda ma’sul xodimlari delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Shu kuni “Sanitariya – gigiyena sohasidagi dolzarb muommalarni hal qilish yo‘llari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda ishtirok etgan mutaxassislar Belarus hamkasblaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee