Yangiliklar

2025-02-05

EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASH VA EKOLOGIK MUHITNI YAXSHILASH BO‘YICHA IDORALARO ISHCHI GURUHNING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

topics-img

Bosh prokuratura huzurida Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash, Iqtisodiyot va moliya, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, MTRK, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi mas’ullari ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuzilgan.

Bugun Bosh prokuraturada ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi, Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev rahbarligidagi idoralaro ishchi guruhning 2025 yil uchun amaliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i U.Utayev, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Atabekov hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sobirovlar so‘zga chiqib, amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida axborot berishdi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee