Бугун Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan “Yil sarhisobi: Yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida Respublikada olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, sanitariya-epidemiologiya sohasining yetakchi mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Bugungi kunda aholining migratsiya jarayoni misli ko‘rilmagan darajada rivojlanmoqda. Tabiiyki, bu hol, o‘z navbatida, respublikamiz hududiga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishi va tarqalishi xavfini oshiradi. Ushbu kasalliklarni mamlakatga kirib kelishini oldini olish maqsadida, davlat chegarasini o‘tish joylarida 53 ta sanitariya karantin punktlari (SKP) faoliyat ko‘rsatib, kelmoqda. 2024 yilda kuydirgi kasalligini aniqlash maqsadida kuydirgi tuproq o‘choqlaridan respublika bo‘yicha 13 326 ta tuproq namunalari olinib tekshirildi.
2024 yilda, 2023 yilga nisbatan respublikamizda virusli gepatit B kasalligining 32,8% kamayishi kuzatildi. virusli gepatit C kasalligi 0,15% kamayishi kuzatildi.
2024 yilda, 2023 yilga nisbatan respublikamizda virusli gepatit A kasalligi 5,2% kamayishi kuzatildi.
Qizamiq bilan o‘tgan 2024 yilning yanvar oyida kasallanish jami 5 036 ta holatda qayd etilgan edi. Ko‘rilgan choralar emlash ishlarini jadallashtirilishi natijasida 2025 yilning yanvar oyida kasallik qayd etilishi 45 baravarga kamaydi
Respublikada 2024 yilda 2023 yilga nisbatan ayrim o‘tkir respirator kasalliklari pasayishi kuzatildi, shu jumladan: gripp kasalligi 7,3%ga, O‘RVI 6,6%ga pasaydi.
Sanitariya-epidemiologiya sohasida bir nechta yo‘nalishlarda elektron raqamlashtirish tizimi tashkil etildi. YKEM - Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi – bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini raqamlashtirish orqali takomillashtirish. Bundan tashqari “Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi” ham ishga tushirildi. Bu vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan esa tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi.
Anjuman so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee