Yangiliklar

2025-01-31

TUXUMNI BAKTERIOLOGIK TEKSHIRISH

topics-img

Tuxum eng keng tarqalgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

Tuxumda mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun  qulay sharoit mavjudligi  sababli noto‘g‘ri saqlash natijasida ular tez rivojlanadi. 

Tuxum va tuxum  mahsulotlarining  mikrobiologik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2019 yildagi 0366-19 sonli SanQvaM lari asosida:

  • mezofil aerob fakultativ anaerob mikroorganizmlarga  (MAFAnM)
  • ichak tayoqchalari bakteriyalari guruhiga (ITBG)
  • patogen enterobakteriyalarga sanitar- bakteriologik tekshiriladi.

Kasallangan tuxumni iste’mol qilish natijasida odamlarda  oziq- ovqat mahsulotlari orqali  yuqadigan  kasalliklar, xususan salmonellyoz kasalligi yuqishi mumkin. Salmonellalarning rivojlanishi uchun eng qulay muhit tuxum sarig‘i hisoblanadi. Ular orasida  eng katta xavf tug‘diradigani tuxum orqali yuqadigan  Salmonella enteritidis, Salmonella Pullorum,  Salmonella gallinarum,  Salmonella Typhimurium,  Salmonella newport, Salmonella dublin, Salmonella anatum va boshqalardir.

Salmonellyoz yuqumli ichak kasalligi bo‘lib, o‘z vaqtida davolanmasa, hattoki o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallikning klinik belgilari  ichak sanchig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, qorin og‘rig‘i va ich ketishi bilan xarakterlanadi.

Shu sababli kasallik belgilari namoyon bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak.

Kasallikni oldini olish uchun:

  • sotib olingan tuxumni  1 litr suvga 20 gramm soda solingan eritmada 20 daqiqa ivitib qo‘yish, keyin toza suv bilan chayish va dezinfeksiyalovchi eritma bilan yuvish;
  • muzlatkichda alohida tuxum uchun ajratilgan joyda saqlash;
  • qaynatib pishirishda 15-20 minut qaynatish, qovurishda esa ikki tomonini qovurish;
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish tavsiya etiladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee