Yangiliklar

2025-01-29

MAKTAB YOKI BOLALAR MUASSASALARIDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGI ANIQLANGANDA QANDAY CHORA-TADBIRLAR AMALGA OSHIRILADI?

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari ko‘rsatmalariga ko‘ra, virusli gepatit A kasalligi maktab yoki boshqa bolalar muassasalarida aniqlanganda quyidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

1. Virusli gepatit A kasalligi ro‘yxatga olingan har bitta kasallik o‘chog‘ida epidemiologik tekshiruv o‘tkaziladi. Epidemiologik tekshiruv o‘tkazishdan maqsad, epidemiologik jarayonni rivojlanishini belgilaydigan kasallik manbasini va yuqish omillarini aniqlashdan iborat. Vrach epidemiolog kasallik o‘chog‘ini chegarasini aniqlaydi, kasallikni batamom tugatish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Kasallik o‘chog‘ida iuloqotda bo‘lgan shaxslarning barchasi bemor ro‘yxatga olingan kunning o‘zida ko‘riqdan o‘tkaziladi, kasallik manbaidan alohidalangan kundan boshlab 35 kun davomida yashab turgan joydagi tibbiy muassasa tomonidan tibbiy kuzatuvga olinadi. Tibbiy ko‘zatuv QVP, QOP va b. o‘rta tibbiy xodimi tomonidan o‘tkaziladi. Kuzatuv davri (o‘choqda oxirgi VGA bilan kasallangan bemor alohidalangan vaqtdan 35 kun) davomida bemor bilan muloqotda bo‘lgan bolalar, ishlovchi xodimlar boshqa guruhlarga, sinflarga va shuningdek boshqa muassasalarga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi, alohida holatlarda epidemiologning ruxsat berishi bundan mustasno. Muloqotda bo‘lgan bolalar jamoalarga yangi bolalar faqat pediatr (bolalar infeksionisti) va epidemiolog ruxsati bilan qo‘yiladi. Ular 35 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladi. Kasallik qayd qilingan jamoaga yangi bolalar epidemiolog bilan kelishgan holda, agar bola avvalda VGA bilan kasallangan bo‘lsa yoki VGA ga qarshi emlangan bo‘lsa qo‘yiladi. VGA bemor bilan shifoxonada (sihatgohlarda va b. joylarda) muloqotda bo‘lgan bolalar, epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan kasbdagi katga yoshdagi shaxslar, agar VGA bilan avvalda kasallangan bo‘lsa yoki emlangan bo‘lsa jamoalarga va muassasalarga qo‘yilishiga ruxsat etiladi.

2. Zararsizlantirish ishlari ta’lim muassasalarining barcha xonalari kuniga 2 marta ikki marta namli usulda tozalash vositalari yordamida tozalanishi kerak. Xonalarni tozalash deraza yoki ochiq framugalarni ochiq xolda amalga oshiriladi. general tozalash ishlari (guruh yacheykalarida, ovqat tayyorlash blokida, tibbiy xonada, kir yuvish xonasida, musiqa-gimnastika zalida), haftada bir marta, dezinfeksion va yuvish vositalarini qo‘llagan xolda amalga oshirilishi talab etiladi. Deraza oynalari tashqaridan va ichkaridan ifloslanish darajasiga qarab tozalanadi, ammo bu yiliga kamida 2 martani tashkil etishi kerak (bahorda va kuzda).

Epidemiologik vaziyat asoratlari yuzaga kelsa, yuqumli kasallikni oldini olish maqsadida sanitar-epidemiologik xizmati xodimlari talabiga mos xolda qo‘shimcha chora tadbirlarni amalga oshirish zarur. Bolalar ta’lim musasalarida virusli gepatit kasalligiga gumon qilingan holatlar aniqlanganda, bemor shifoxonaga yotqizilgunga qadar va oxirgi bemor yotqizilgandan keyin 35 kunlik kuzatuv davomida bolalar muassasasining xodimi tomonidan joriy dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shu davrda kasallik holati qayd qilingan bolalar muasasasining boshqa guruhlarida sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni bajarilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

3. Uyushgan jamoalarni karantinga yopilishi

Uyushgan jamoalarda, ikkita va undan ko‘p holatlar qayd etilganda VGA kasalligi o‘choqlarida epidemiologik tekshiruv albatta hududiy Sanepidqo‘m vrach epidemiologiya va sanitariya gigiena vrachi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha barcha standart operatsion muolajalar yoritgan dalolatnoma yoziladi. Kasallikni yashirin davri (15-35 kun) davomida bitta guruhda (sinfda) uchta va undan ko‘p holatlar qayd qilinganda ushbu guruhni yoki sinfni 35 kun muddatga yopish masalasi hal qilinadi.

4.Maktabgacha va o‘rta ta’lim muassasalarida (MvaO‘TM) virusli gepatit A profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar:

 Barcha bolalar ta’lim muassasalari tibbiyot xonalarida yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bolalarni vaqtincha alohidalash uchun joy tashkil qilinadi.

Bolalar ta’lim muassasalariga me’yordan ortiq bolalarni qabul qilishni ta’qiqlanadi, bolalarni tarkibiy soni; kichik yasli yoshidagi guruhlarda 20 tadan, katta yasli guruhlarida 20 ta dan, bog‘cha guruhlarida 25 ta dan va qisqa muddatda bo‘ladigan guruhlarda amaldagi SanQvaM asosida 30 ta dan ko‘p bo‘lmasligini ta’minlash.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida qaynatilgan suvni domiy bo‘lishini joriy qilish.

MTM tarbiyachilari tomonidan har kuni tana haroratini o‘lchash, ko‘rikdan o‘tkazish va ota-onalaridan bolani sog‘ligi bo‘yicha so‘rov o‘tkazish bilan o‘tkaziladigan ertalabki filtr nazoratini kuchaytirish. O‘tkir nafas yo‘llari shamollash kasalliklari, rinit, umumiy quvvatsizlik, holsizlik va boshqa yuqumli kasalliklarga xos belgilarga gumon qilingan bolalarni va xodimlarni kirishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish uchun barcha guruhlarda rakovinalar yoki qo‘l yuvish moslamalarini o‘rnatish.

Guruhlarda har bir bola uchun alohida shaxsiy sochiq va sovun bo‘lishi lozim.

Tashqi hovlidagi sanitariya qurilmalaridan foydalaniladigan MTM larida, ushbu xojatxonalarni yonida rakovinalar yoki qo‘l yuvish moslamalarini o‘rnatish.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee