Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da ichimlik rejimini ta’minlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.
Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilishi kerak.
Ta’lim muassasasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi kerak: stasionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida.
O‘quvchilar ta’lim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Stansionar ichimlik favvorachalari 10 sm.dan kam bo‘lmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning bo‘lishi ham ko‘zda tutilishi kerak.
Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bir martalik idishlarni to‘plash uchun maxsus konteynerlar bo‘lishi kerak.
Ta’lim muassasasiga keltiriladigan ichimlik suvning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjati bo‘lishi shart.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee