Yangiliklar

2023-08-21

JISMONIY FAOLLIK DARAJASI

topics-img

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra jismoniy faollik darajasining pastligi bolalar orasida 80% ga yetganligi ko‘rsatilmoqda.  Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 2018–2030 yillarga mo‘ljallangan Jismoniy faollik bo‘yicha yangi Global Harakatlar rejasini ma’qulladi va 2030 yilga kelib kattalar va o‘smirlar o‘rtasida jismoniy harakatsizlikning global darajasini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha yangi ixtiyoriy global maqsadni qabul qildi hamda ushbu tashkilotning 2020 yildagi ishlab chiqqan qator tavsiyasilaridan biri bolalar va o‘smirlar o‘rtasida haftasiga o‘rtacha 60 daqiqa o‘rta va kuchli intensivlikdagi aerobik jismoniy aktivlikda bo‘lish lozimligini qayd etadi. 

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi laboratoriyasi tomonidan Toshkent shahar va Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi 5-6 yoshli bolalarning jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazilib, ularning maktabga chiqishi uchun jismoniy tayyorgarligi darajasi haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

So‘rovnoma 5-6 yoshli va turli jinsdagi 300 dan ortiq bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrab oldi. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining jismoniy tayyorgarligini qiyosiy baholash asosida bolalarni tarbiyalashning ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish. So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, bolalar orasida jismoniy tayyorgarlik darajasi bolalar o‘sishi bilan kamayib borayotganligi aniqlandi, buning sababi o‘laroq bolalar orasida turli elektron gadjetlardan foydalanishning ortishi, an’anaviy o‘yinlarni kamayib borayotganligi va turli sabablarni keltirish mumkin.

Tadqiqotda aniqlangan asosiy muammolar quyidagilardan iborat:

1.  Kamharakatlilik: bolalar turli elektron qurilmalaridan ko‘p foydalanishi va televizor  oldida  bir joyda ko‘p o‘tirishi ushbu omilning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

2.  Bolalarning sport bilan shug‘ullanmasligi. Bu faktor ham bolalar orasida jismoniy tayyorgarlik darajasining sezilarli kamayib borayotganlini yaqqol namoyon qiladi. Bunga turli sabab sifatida oiladagi moddiy yetishmovchilik, ota-onaning ma’lumot darajasi, ota-onalarning bolalarini sport komplekslariga olib borishi uchun vaqtning yetishmovchiligi.

3.  Ota-onalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi haqidagi bilimlarining kamligi. Ota-onalar ko‘pincha bolaning jismoniy tayyorgarligiga emas bilim darajasiga ko‘proq ahamiyat berishadi.

SGKK ITI bolalar o‘smirlar gigiyenasi laboratoriyasi хodimlari yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar va ota-onalar orasida jismoniy tayyorgarlik tushunchasi, uning ahamiyati va salomatlik uchun tutgan o‘rni haqida tushuntirish ishlarini olib boradi hamda profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee