Ma’lumki, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida qariyb 6,5 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim oladi. O‘quvchilarni to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil qilish nafaqat ularning salomatligini mustahkamlash, balki ta’lim olishida, mukammal inson bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Bugun Sanepidqo‘mitada BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) "Maktablarda ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlash loyihasi” doirasida o‘tkazilgan seminarda respublikamiz uchun muhim bo‘lgan masala – umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etilishiga bag‘ishlandi.
Seminarda maktab ovqatlanishini tashkil qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba bo‘yicha fikr almashish, ekspertlar tomonidan ushbu yo‘nalishni o‘rganish natijasida aniqlangan muammolarni eshitish va maktablarda ovqatlanishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar muhokama etildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee