Yangiliklar

2025-02-28

RAMAZON OYI KIRIB KELISHI MUNOSABATI BILAN MASJIDLARNING SANITAR HOLATI BO'YICHA O'RGANISH O'TKAZILDI

topics-img

Yurtimizga mohi Ramazon oyi kirib kelishi, shu munosabat bilan fuqarolar o'rtasida ibodat uchun mahallalardagi masjidlarga tashrif buyurishadi. Ushbu holatda masjidlarning sanitar holati talablarga javob berishi juda muhim hisoblanadi.

Muborak Ramazon oyini munosib o’tkazish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan “Qo’yliq ota”, “Al - badr”, “Valixo’ja o’g’li Norxo’ja” jome masjidida ishchi guruh bilan o'rganish ishlari amalga oshirildi hamda tahoratxonalarning tozaligi, zararsizlantirish ishlarining o’z vaqtida olib borilganligi nazoratga olindi.

Shuningdek, tozalikka doimiy tarzda amal qilish qoidalari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish holatlari yuzasidan mas'ullarga kerakli tavsiyalar berilib, sanitariya targ'iboti olib borildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee