Yangiliklar

2025-02-26

ENERGETIK ICHIMLIKLARNING SALBIY OQIBATLARINI BILASIZMI?

topics-img

Energetik ichimliklardagi kofein va boshqa stimulyatorlar yurak tezligi va qon bosimini oshiradi. Bunday ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish aritmiyaga va hatto yurak to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

Xususan, doimiy tarzda energetik ichimliklarni isteʼmol qilish jizakilik, depressiya, uyqusizlikga, yurak faoliyatini va markaziy nerv tizimini buzilishiga, yurak qon-tomir kasalliklariga, endokirin kasalliklariga, qandli diabetga va ortiqcha tana vazni-semizlikka sabab bo‘ladi.

Energetik ichimliklar jigarni va bosh miyani biokimyoviy faoliyatini buzadi, gepatit, keyinchalik  saraton kasalliklariga olib keladi. Organizmda kofein miqdori ortib ketishi natijasida o‘smirlarda gallyutsinatsiya, ataksiya, taxikardiya va nutqda o‘zgarishlar kuzatiladi.

O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang!

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee