Yangiliklar

2025-02-21

BOLALARINGIZ SALOMATLIGI UCHUN MUHIM QADAM!

topics-img

Vaksina – farzandingiz uchun eng ishonchli himoya!

 Emlash bolalaringizni qizamiq, gepatit, sil, poliomiyelit va boshqa og‘ir kasalliklardan saqlashga yordam beradi. Har bir bola to‘g‘ri va o‘z vaqtida emlanishi kerak!

 Vaksinalar xavfsiz va samarali! Ular ilmiy tekshiruvlardan o‘tgan va jahon bo‘ylab millionlab bolalarning sog‘lom ulg‘ayishiga hissa qo‘shmoqda.

 Ko‘pchilik ota-onalarda savollar bo‘lishi tabiiy. Vaksina haqida aniq va ishonchli ma’lumotni faqat mutaxassislardan olish muhim!

Emlashni kechiktirmang! Bolangizning salomatligi va kelajagi bugungi qaroringizga bog‘liq.

 Farzandingiz uchun to‘g‘ri tanlov qiling – uning hayotini himoya qiling!

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee