Yangiliklar

2025-02-25

BOSHQARILUVCHI YUQUMLI KASALLIKLAR DOIMIY NAZORATDA

topics-img

Yurtimizda boshqariluvchi yuqumli kasalliklar, jumladan qizamiq, poliomiyelit, difteriya, ko‘kyo‘tal kasalliklarini oldini olishda Milliy emlash jadvali asosida olib borilayotgan emlash ishlari, vaksinalarni sovuqlik zanjiriga rioya etgan holda saqlash, emlash punktlariga yetkazib berish jarayonlari bo‘yicha muntazam nazorat  olib borilmoqda.

 Sanepidqo‘mitaning immunizatsiya ishlariga mas’ul xodimlari tomonidan Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari  oilaviy poliklinikalarida 13 turdagi infeksiyalarga qarshi bolalarni emlash qamrovi holati o‘rganilib,  tibbiyot xodimlariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee