Yangiliklar

2024-05-13

12 MAY — XALQARO HAMSHIRALAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN ASOSIY BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

topics-img

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida 12 may — Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov yurtimizdagi barcha hamshiralarni tabrikladi.

“Keyingi yillarda hamshiralik faoliyati tibbiyotimiz bilan birga, jadal rivojlanib bormoqda. Sohada yangi ixtisosliklar paydo bo‘layapti. Ayniqsa, bugungi kunda birlamchi davolash-profilaktika muassasalarida 8500 nafar doya hamshirasining faoliyat yuritayotgani onalar va bolalar salomatligini asrash yo‘lidagi muhim voqea, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lida olib borilayotgan chuqur islohotlar natijasi", — dedi u o‘z tabrigida.

Tantanali marosimda “Yilning eng yaxshi hamshirasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari hamda 15ta nominatsiya bo‘yicha “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi” tanlovi sovrindorlari taqdirlandi.

Jumladan,

 “Yilning eng yaxshi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o‘rta tibbiyot xodimi” nominatsiyasida

1-o‘rin: Jo‘rayeva Lobar Tuymuratovna —

Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limi sanitariya vrach yordamchisii;

2-o‘rin: Mamadaliyeva Janonxon Iqbolovna —

Andijon viloyati OITSga qarshi kurash markazi Uslubiy, profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish bo‘limi sanitariya vrach yordamchisi;

3-o‘rin: Abdug‘aniyeva Shoxista Atxamovna —

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi, Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi epidemiolog vrach yordamchisi, g‘olib deb topildi

Fursatdan foydalanib, g‘oliblarni yana bir bora muborakbod etamiz. Sharafli kasblaridan hamisha ehtirom va e’tirof ko‘rib yurishlarini tilab qolamiz.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee