Ma'lum bir kasalliklarni oldini olishda albatta dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazib borish maqsadga muvofiqdir, shuningdek yuzaga keluvchi har qanday infeksiyalarni o'z vaqtida bartaraf etish, ularni tobora avj olishi xavfidan saqlashida zamin yaratadi.
Shu bois Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumanda joylashgan "Lomonosov" nomidagi institutda ham yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, ovqatlanish korxonalari, savdo shoxobchalari va shu kabi maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarini vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilib turish uchun, davlat tasarrufidagi yoki xususiy dezinfeksiya tashkilotlar bilan shartnoma tuzgan holda, dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirib turish belgilab qo'yilgan.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee