Qandolat mahsulotlarining kremli va kremsiz turlari mavjud bo‘lib, aynan qaymoqli yoki sariyog‘li kremli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va ularning mahsulotlari epidemiologik ahamiyatga ega mahsulotlar deya baholanadi.
Yurtimiz iste’mol bozoriga xorijdan olib kirilayotgan qandolat mahsulotlari Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriya kompleksining sanitariya-bakteriologik laboratoriya mutaxassislari tomonidan mikrobiologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligiga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi.
Qandolat mahsulotlari namunalari amaldagi GOST 5904 va GOST 26668 talablariga asosan xorijdan olib kirilayotgan mahsulot yuk xati va hisob varaqalaridagi aks ettirilgan ma’lumotlar, mahsulot yorlig‘idagi ma’lumotlar bilan taqqoslanib (identifikatsiya), ma’lumotlar mosligiga muvofiq deb topilgandan so‘ng Bakteriologik laboratoriya tahlili uchun tanlab olinadi.
Tanlab olingan namunalardan maxsus ozuqa muhitlariga ekish uchun gomogen massa hosil qilinadi va ozuqa muhitlariga ekiladi. So‘ng kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar qulay o‘sish harorati termostatda tanlanib, 5 sutkagacha bo‘lgan muddatga kuzatuvga qo‘yiladi.
Natijalarga ko‘ra, ozuqa muhitida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinib, mahsulot xavfsiz yoki iste’mol uchun yaroqsizligi xususida xulosa bayonnomalari rasmiylashtiriladi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi yoki xorijdan keltirilayotgan mahsulotlar xususida iste’molchi to‘liq ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini, ishlab chiqaruvchi korxonaga esa ishlab chiqarilgan mahsulot xususida to‘liq ma’lumot berish majburiyati yuklatilganini unutmang!
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee