Do'konda kolbasa yoki sosiska tanlayotganda etiketkani diqqat bilan o'rganing. Shuningdek, yaroqlilik muddati va saqlash shartlarini tekshiring. Kolbasa mahsulotlari muzlatgichda +6 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlanishi kerak.
E'tibor bering, kolbasa mahsulotlarini quyidagi holatlarda sotish mumkin emas:
• qobig`i ifloslangan;
• rangi kulrang;
• ichida suyuqlik ko`rinsa;
• 5 mm dan katta bo'shliqlar mavjud bo`lsa:
• qobiqning yaxlitligi buzilsa.
Eng muhimi savdo uchun belgilanmagan joylardan mahsulotlar sotib olmang!
Kolbasa mahsulotlari maxsus saqlash sharoitlarini talab qiladi, shuning uchun ularni faqat muzlatgich uskunalari bilan jihozlangan do'konlardan sotib olish kerak.
Kolbasa mahsulotlarini saqlash va sotishda ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan saqlash shartlari va yaroqlilik muddatiga rioya qilish kerak.
Mahsulotlar sotib olayotganda ishlab chiqaruvchi tomonidan yorliqda ko'rsatilgan saqlash shartlariga rioya etilishiga e'tibor berish muhim.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee