Yangiliklar

2025-03-27

TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

topics-img

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida  yildan yilga rivojlanib borayotgan sohalarni tilga olib, mahalliy ishbilarmon va tadbirkorlar faoliyatiga yuqori baho berib, ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini tezkor  hal etish borasida  mas’ullarni biriktirgan edi. Ana shu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida   Namangan viloyatida Sanepidqo‘mita va viloyat hokimligi  hamkorligida   ochiq muloqot tashkil etdi.

 Unga  barcha shahar va tumanlarda  tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan   eksportyor korxonalar  rahbarlari va yangi ish boshlamoqchi bo‘lgan  fuqarolar taklif etildi.

Ochiq muloqotda ta’kidlanganidek, ayni paytda  viloyatda 126 ta eksportyor korxona faoliyat yuritmoqda.   GSP tizimi bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 419 tani tashkil etmoqda. Ular sonini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, chetga mahsulotlar eksportini oshirish uchun  tinmay izlanib, mavjud imkoniyatlarni ishga solish kerak.

Aniqrog‘i, tadbirkorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur.

Ochiq muloqotda Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev va  mutaxassislar  bu borada kuchga kirgan qonunlar, imtiyozlar  haqida  ma’lumot berdi. Berilgan savollarga javoblar qaytarildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee