Farg`ona viloyatining Qo‘qon shahrida "O‘ta xavfli kuydirgi kasalligi bilan kasallangan bemor aniqlanganda favqulodda harakatlar strategiyasi" mavzusida o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.
Qo‘qon shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, Sanepidqo‘mita Qo‘qon shahar bo‘limi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar mas’ullari jalb etilgan mazkur tadbirda kuydirgi kasalligi profilaktikasi, kasallikning kelib chiqishi va tarqalish holatlari aniqlanganda bartaraf etish choralarini ko‘rish harakatlari o‘quv-amaliy mashg‘ulot tarzida namoyish etildi.
O‘tkazilgan bu kabi tadbirlardan maqsad kutilmaganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq holatlarda davlat quyi tizimi tashkilotlarining tayyorgarlik holatini nazoratdan o‘tkazishdan iborat.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee