Xodimlar sog‘lig‘ini himoya qilish har qanday tashkilotning ustuvor vazifalaridan biridir, ayniqsa, zararli va xavfli sharoitlarda ishlovchilar uchun quyida salomatlikni saqlash bo‘yicha muhim choralar keltirilgan:
Ish joyidagi xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.
Har bir xodim ishga kirishishdan oldin maxsus o‘qituvdan o‘tishi va xavfsizlik qoidalarini mukammal bilishi kerak.
Kimyoviy moddalar, chang, shovqin, vibratsiya yoki yuqori harorat kabi omillarni nazorat qilish uchun maxsus uskunalar o‘rnatilishi zarur.
Havodagi zararli moddalarni kamaytirish va toza havo bilan ta’minlash uchun samarali ventilyasiya tizimi bo‘lishi shart.
Xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashda niqob va respiratorlar nima uchun kerak?
– сhang, kimyoviy moddalar yoki toksik gazlar bilan ishlayotgan xodimlar uchun;
– ishlab chiqarish jarayonida qo‘llarni, terini va ko‘zlarni himoya qilish uchun;
– baland shovqin muhitida ishlovchi xodimlar uchun;
– оyoqlarni og‘ir buyumlar tushishidan yoki elektr toki urishidan himoya qilish uchun zarur.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee