Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida fuqarolar orasida turli yuqumli kasalliklarning, xususan, virusli gepatit, shuningdek, odam papiloma virusi tarqalishining oldini olish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Sanepidqo‘mita Axborot xizmati rahbari M.Saidova, shuningdek, Virusologiya ITI mutaxassisi ishtirok etib, yig‘ilganlarga bu yo‘nalish bo‘yicha 243-sonli Prezident Qarorining ijrosi, shuningdek, kasallik haqida fuqarolar xabardorligini oshirish bo‘yicha keng tushunchalar berib o`tdilar.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee