Yangiliklar

2024-04-23

25 APREL – BUTUNJAHON BEZGAKKA QARSHI KURASH KUNI

topics-img

Bezgak xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallik qon tomir va boshqa tizimlarning buzilishiga olib keladi. Odamlarning kasallik haqida xabardorligini oshirish, profilaktika choralari zarurligini tushuntirish, bemorlarga yordam berish maqsadida har yili Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni o‘tkaziladi.

 2024 yilda Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni "Yanada adolatli dunyo uchun bezgakka qarshi kurashni tezlashtirish" shiori ostida o‘tkaziladi.

Xo‘sh bezgak o‘zi qanday kasallik?, Qaysi mamlakatlarda uchraydi?, Oldini olish choralari qanday? Ushbu savollarga batafsil javob olish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi   boshqarmasi epidemiologiya bo‘limi bosh mutaxassisi Inna Tyo bilan suhbatlashdik.

Har yili 25 aprel sanasiga bag‘ishlab bizning mamlakatimizda ham barcha targ‘ibot vositalaridan foydalangan holda bezgakni oldini olish borasida  aholining  bilimlarini oshirish bo‘yicha tadbirlar faol o‘tkaziladi.

Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni dunyo bo‘ylab ketma-ket 17 yil davomida nishonlangan va bezgakka qarshi samarali kurashni  ta’minlash bo‘yicha bilim va sa’y haraktlarni  targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. Bu davr mobaynida bezgakdan o‘lim ikki baravarga -2023 yilda 1 milliondan 608 minggacha  kamaydi. Global hsiob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yida 85 mamlakatda  bezgak kasalligi ro‘yxatga olinib, 249 million aholi kasallangan.

Asosiy faktlar

Bezgak – bu o‘tkir xurujli isitma kasalligidir. Bezgak klinikasi sezilarli xilma-xillik bilan ajralib turadi. Ko‘pchilik bemorlarda bezgak to‘satdan boshlanadi va og‘ir kechadi. Kasallikning eng xarakterli belgilari qisqa muddatli qaltirash, tana haroratining yuqori bo‘lishi,  bosh va mushaklarda og‘riq, bosh aylanishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, yurakning tez urishi, peshobni ajralmasligi, tana haroratining pasayishi va kuchli terlash bilan tugaydi.

Isitma xurujlari 1-2 kun  oraliq bilan takrorlanadi, tana harorati o‘zgarishsiz davom etishi mumkin. Bezgakning klinik belgilari yengil kechishi ham mumkin, bu kasallikni aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Agar o‘z vaqtida davolanish o‘tkazilmasa bemorning jigar va talog‘i kattalashadi.

Bezgakning 5 ta turi mavjud: tropik, uch kunlik, oval bezgak va maymunlarda bezgak kasalligi keltiradigan turi (Shimoliy Sharqiy Osiy davlatlarida tarqalgan). Eng  og‘ir asoratlar keltirib chiqaradigan va o‘lim holatlari kuzatiladigani bu-tropik bezgakdir.

Kasallikning tarqalishi.

Ko‘p hollarda bezgak kasalligi bemor odamdan sog‘lom odamga qon so‘ruvchi Anofeles turidagi urg‘ochi chivin chaqishi orqali yuqadi. Dunyo bo‘yicha 400 dan ortiq bezgak chivinlari mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda 7ta turi tarqalgan.

Kasallik yuqish yo‘lining  yana ikki turi  mavjud- tibbiy muolajalar orqali (zararlangan qonni quyish, mushak  ichi va tomirga bezgak qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan shpris orqali in’yeksiya qilish)  va vertikal yo‘l (bezgak bilan og‘rigan homilador ayolning tug‘ruq vaqtida bolasiga yuqtirishi).

Insonni bezgak chivinlari chaqishi  natijasida   parazitlar qon oqimi orqali jigarga o‘tadi, to‘qima hujayralarida rivojlanadi, so‘ngra qon oqimidan chiqib, qon hujayralari-qizil qon tanachalariga –eritrositlarni zararlab ko‘payishni davom ettiradi.

Bezgakning tarqalishi. Kimlar xavf ostida?

Dunyo aholisining deyarli yarmi bezgak xavfi ostida. Bezgak bilan kasallanish va o‘lim holatlarining  aksariyati Saxroi Kabirdan janubiy Afrikada sodir bo‘ladi. Janubiy Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq mamlakatlarida ham kasallik xavfi yuqori hisoblanadi.

Bezgak bilan kasallanish va og‘ir kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan aholi guruhiga -chaqaloqlar, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador ayollar va OIV/OITS bilan kasallanganlar, shuningdek, bezgakka nisbatan immuniteti bo‘lmagan migrantlar, mobil guruh va sayohatchilar kiradi.

Tashhisoti

Yakuniy tashxis faqat bemorning  qon preparati tekshirilgan laborator tekshiruv natijalari asosida qo‘yiladi va davolashdan so‘ng ham kasallikdan sog‘ayganligi shu laborator tekshiruvi bilan tasdiqlanadi..

Bezgak kasalligini erta tashxislash va davolash  kasallik asoratlari va o‘lim xavfini kamaytiradi.   Bu bezgak tarqalshini kamaytirishga yordam beradi.

Bezgakni davolash faqat stasionar sharoitida amalga oshiriladi. O‘z vaqtida davolash boshlansa  prognozi ijobiy bo‘ladi. Tropik bezgakning asoratli shaklida o‘lim holatlari  kuzatilishi mumkin, ayniqsa yosh bolalar va homiladorlarda.

Agar birinchi 24 soat ichida  davolash boshlanmasa, tropik bezgak ko‘pincha

Bezgakdan tuzalganlar dispanser kuzatuvida turadi. Klinik kuzatuvlar va klinik ko‘rsatma bo‘yicha parazit tashuvchiga laborator tekshiruvlari o‘tkaziladi.

Profilaktikasi

Bezgak profilaktikasi  kasallikni yuqishi va  oldini olishni  o‘z ichiga oladi.

Chivinlardan saqlanish –bu xonalarga chivinlarning uchib kirishi( deraza oynalariga to‘rlarni o‘rnatish) va va ularning chaqishidan (pashshaxonalar, fumigatorlar yordamida insektisidlarni sepib  chivinlarni yo‘qotish, repellentlardan foydalanish)   himoya qilish; in’yeksiya uchun  bir marotalik shprislardan foydalanish kerak.

Kasallikni oldini olish – bu bezgak bo‘yicha endemik bo‘lgan mamlakatlarga (Afrika, Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Markaziy va Janubiy Amerika) borilganda bezgakka qarshi preparatlarni qabul qilishdir(ximioprofilaktika). Chet elga ketish uchun davlat tanlanganda, sayohatni tashkil etuvchi turistik firmalardan, Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (parazitologiya bo‘limlari)dan  ushbu mamlakatlarda bezgak kasalligi  xavfi bor yoki yo‘qligi va kasallikni oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot olish kerak.

Shuni esda tutish zarur, bezgak bo‘yicha endemik mamlakatlarga uzoq muddatga (3 yil davomida) borib kelgandan so‘ng, xatto bezgakka qarshi dorilarni (ximioprofilakika) qabul qilgandan keyin ham kasallanish mumkin.

Shuning uchun bezgak bo‘yicha endemik bo‘lgan mamlakatlarga borib kelganingizdan  so‘ng har qanday tana harorati ko‘tarilganda   o‘z vaqtida laborator tekshiruvidan o‘tish va davolanish uchun  tibbiyot muassasaga murojaat qilish va borib kelgan mamlakat to‘g‘risida xabar berish kerak. Har tana harorati ko‘tarilganda avvalgi laborator tekshiruvlaridan qat’iy nazar yana laborator tekshiruvi o‘tkazilishi kerak.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee