Yangiliklar

2024-06-26

26 IYUN-XALQARO GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH KUNI!

topics-img

Insoniyat tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib kolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir

Barchamizga ma’lumki, inson giyohvandlik va ichkilikbozlik natijasida turli xavfli va yuqumli kasalliklarga chalinib, oilasiga va jamiyatga katta tashvish va muammolar keltiradi.

26 iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Farg‘ona shahri markazida  "Biz giyohvandlikka qarshimiz" aksiyasi o‘tkazildi.

Giyohvandlikka “asr vabosi” deya ta’rif beramiz. Unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashamiz. Chunki bugun ayni shu xatar insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga rahna solayotgani sir emas.

O‘smirlarni aldov yo‘li bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ham borligi hech kimga sir emas.

Qanchadan-qancha oilalarning yostig‘ini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson o‘zi kurashmog‘i, tashqi ta’sirlardan himoyalanmog‘i lozim.

Farzandlarimizni sog‘lom muhitda, to‘g‘ri yo‘lda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanday tashqi kuchlar va qora illatlar ularni o‘z domiga torta olmasin.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee