Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin.
Dunyo va mamlakatimizda ro‘y berayotgan hodisalarni tezkor, sifatli va xolisona yoritishda Siz azizlarning xizmatingiz ulkan.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist hamda blogerlarni kasb bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi.
Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi har bir voqea, xabar va yangiliklarni tezkorlik va shaffoflik bilan yoritganinggiz, murojaatlarni o‘rganishda halollik prinsipiga vijdonan amal qilganingiz va asosiysi o‘z kasbingizni sevganingiz uchun katta rahmat!
Faoliyatingizni mana shunday yoshlik shijoati va muvaffaqiyat tark etmasin!
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee