Yangiliklar

2024-06-07

7-IYUN – BUTUNJAHON OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI KUNI

topics-img

7-iyun – Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni 2024- yilda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi: kutilmagan vaziyatlarga tayyor bo‘ling shiori ostida bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi mavzu barchaga, ya’ni  ishlab chiqaruvchilardan tortib, iste’molchilargacha tegishli.

Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xodisalar kichik voqealardan yirik, jiddiy xalqaro inqirozlargacha bo‘lishi mumkin. Bular: uyda elektr tokining o‘chib qolishi,  umumiy ovqatlanish shaxobchalari yoki restoranlarda ovqatdan zaharlanish holatlari, import qilingan mahsulotlar orqali infeksiya tarqalishi yoki tabiiy ofat sababli bo‘lishi mumkin.

Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq manbalar davlat chegaralarini tanlamaydi. Shuning uchun, oziq-ovqat bozorlarining globallashuvi, o‘sishi sharoitida ovqatdan zaharlanishlar bilan bog‘liq  xatarlar mahalliy muammodan xalqaro favqulodda vaziyatlargacha o‘tishi mumkin.

Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarga tayyor turish uchun nima qilish kerak?

Davlat tashkilotlari:

•  Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha favqulodda vaziyatlarga munosabat bildirish uchun milliy rejalar ishlab chiqish;

•  oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish milliy tizimlarini mustahkamlash;

•  sanitariya-epidemiologiya nazorati va idoralararo muvofiqlashtirish sohasidagi salohiyatni kuchaytirish;

•  oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari va jamoatchilik bilan aloqa sifatini yaxshilash.

Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari:

 

           •    oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha rejalarni takomillashtirish;

•  tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik qilish;

•  iste’molchilar bilan aloqa sifatini yaxshilash.

Iste’molchilar:

 

•  oziq-ovqat xavfsizligi hodisalari haqida qayerga xabar berishni yoki ularga qanday javob berishni bilishlari kerak;

 

•  uydagi kutilmagan vaziyatlarning oqibatlarini va bunday vaziyatda nima qilishni bilishlari kerak.

FAKTLAR VA RAQAMLAR

 

  Har yili sayyoramizning har o‘ninchi aholisidan biri oziq-ovqat bilan bog‘liq kasallik bilan kasallanadi. Bu muammo dunyodagi barcha mamlakatlarga tegishli.

  200 dan ortiq kasalliklar bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar bilan, bazida esa kimyoviy moddalar – og‘ir metallar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.

  5 yoshgacha bo‘lgan bolalar aholining 9% ni tashkil etadi, lekin oziq-ovqat orqali kelib chiqadigan kasalliklarning 40% bolalarga to‘g‘ri keladi.

  Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xodisalarga nafaqat ovqatdan zaharlanishlar balki elektr energiyasining o‘chib qolishi, oziq-ovqat mahsulotlarini zararlovchi suv toshqinlari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish tizimidagi uzilishlar ham kiradi.

 

7-iyun – Butunjahon oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuniga bag‘ishlab qanday tadbirlar o‘tkazish mumkin?

Sohaga aloqador tashkilot vakillari, mutaxassislar va OAV xodimlari uchun matbuot anjumanlari, vebinarlar, televideniye, radio, ijtimoiy tarmoqlarda intervyu va reportajlar tashkil qilish, rasmlar va plakatlar konkurslarini o‘tkazish va aholiga ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish mavzusidagi targ‘ibot materiallarini tarqatish mumkin.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee