O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-243-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va Koreya Xalqaro salomatlik jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda onkologik va yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish va diagnostika salohiyatini kuchaytirish loyihasi” doirasida Namangan viloyatida seminar-treninglar tashkil etildi. Qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova boshchiligidagi targ‘ibot guruhi ilk bor Namangan shahridagi "Ma’rifat" mahallasi fuqarolari bilan dildan suhbat qurdi. Hududdagi barcha shart-sharoitlarga ega 38- maktab zalida amalga oshirilgan o‘ta dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar, yuqumli kasalliklarning oldini olish borasidagi maslahat va tavsiyalar qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Davlatobod tuman Gulobod mahalla "Madaniyat markazi"da davom etgan navbatdagi tadbirda 151 nafardan ko‘proq mahalla ahli qatnashdi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee