Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o'rinbosari N.Atabekov, Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzajonov, Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori B.Igamberdiyev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, barcha viloyat OITSga qarshi kurash markazlari bosh vrachlari va bosh mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda Respublikamizda va viloyatdagi epidemiologik vaziyat, olib borilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi, markaz mutaxassislari tomonidan aholi va OIV infeksiyali bemorlarga, shuningdek, homilador ayollar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning raqamlashtirish tizimiga o'tgani, ushbu tizimning afzallik tomonlari to'g'risida so'z bordi hamda Andijon viloyati tajribalari almashildi.
Tadbir mehmonlari namunali poliklinika sifatida Andijon shahar 8-oilaviy poliklinikada OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Navbatdagi manzil – Andijon shahar bolalar shifoxonasi bo'ldi. Soha mutaxassislari OIV infeksiyasining shifoxona ichi infeksiyasi tarzida tarqalishini oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusidagi vazifalar belgilanib olindi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee