Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilly boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Atmosfera havosining tarkibi, ekologik tizimdagi va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati kattadir.
Shu sababli, Sanepidqo'mitaning Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mutaxassislari ishtirokida tumanda joylashgan va faoliyat yuritayotgan atmosfera havosini ifloslantirishi mu'mkin bo'lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarida profilaktik o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
• Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo'shilishi natijasiga uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi tushuniladi, atmosfera tabiiy va suniy yo'llar bilan ifloslanadi.
• Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko’rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi.
• Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
• Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee