Yangiliklar

2024-03-25

ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI MONITORINGINI AVTOMATLASHTIRISH

topics-img

"Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" qo‘shma loyihasi doirasida "Zamin" fondi va Gidrometeorologiya xizmati agentligi BMTning Atrof-muhit dasturi (YUNEP) ko‘magida O‘zbekistonda havo sifati bo‘yicha milliy normativlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan gibrid shakldagi davra suhbatini o‘tkazdi.

 

O‘zgidromet Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda normativlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarning joriy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. YUNEP vakili o‘z so‘zida toza havo sohasida asoslangan xulosa qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda havo sifati ma’lumotlaridan foydalanish salohiyatiga e’tibor qaratdi.

 

Finlyandiya metereologiya instituti vakili prognozlashtirish maqsadlarida havo sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanishga bo‘lgan talablarni bayon qildi. JSST eksperti havo sifati bo‘yicha milliy normativlarni ishlab chiqishda mintaqaning tabiiy-iqlim xususiyatlarini va ularning aholi sog‘ligiga ta’sirini hisobga olish muhimligini ta’kidladi. BMT YEIK xalqaro eksperti Havoning uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiyaga urg‘u berib, uning havo sifati milliy standartlarni ishlab chiqishda O‘zbekiston uchun afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zgidromet va YUNEP, JSST, BMT YEIK, Finlyandiya meteorologiya instituti ekspertlarining sa’y-harakatlari birlashtirilishi havo sifatining yangi standartlarini joriy etish borasidagi harakatlarda muhim qadam bo‘ldi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee