"Korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va
tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident
Farmoniga ko‘ra "Haj”ga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning
yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida
joylashtiriladi
Farmonga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi:
🔹har chorakda davlat organlari va tashkilotlari
kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu
jinoyatlar ko‘rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib
bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida
ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritib boradi;
🔹har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda
ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida tegishli davlat
organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy
muhokama qilib boriladi.
2023 yil 1 dekabrdan ochiq ma’lumotlar sifatida
joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati
quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi:
·
hududlar
kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona
onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga
qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar;
·
bolalarni
davlat bog‘chalariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati)
to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh
guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar;
·
davlat
organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish
tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi
(nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);
·
markaziy,
hududiy va tizim tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish
shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan
hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
·
davlat
organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim
etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu
jumladan, g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma
doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar.
Shuningdek, quyidagi jarayonlarni internet
orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
🔸falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy
darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya
himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
🔸o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining,
(shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test
sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish
imtihonlari;
OTMlar bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy
kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:
◽️umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
◽️chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi
bo‘yicha bilim darajasini baholash.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga
davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi
darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini
tashkil etish va o‘tkazish vazifasi yuklatiladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining
ochiqlikni ta’minlashga mas’ul xodimlarini ochiqlik sohasidagi milliy
qonunchilik va xalqaro standartlar talablari bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan
onlayn malaka oshirish tizimi elektron platforma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee