“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi (29.02.2024-y., O‘RQ–917-son) Qonun mazmun-mohiyati
“O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha
vakili (Bolalar ombudsmani) to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi.
Qonunga ko'ra, bola huquqlari bo'yicha vakil (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaxs bo'lib, u davlat
organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar,
shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to'g'risidagi qonunchilikka
rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Vakil o'z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va
ularning mansabdor shaxslariga tobe bo'lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o'z
faoliyatida Oliy Majlis palatalariga
hisobdordir.
Bola huquqlari bo'yicha vakil
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Qonun bilan, bola huquqlari
bo'yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilab
qo'yildi, jumladan:
ü mansabdor shaxslarga bola huquqlari to'g'risidagi
qonunchilikning buzilishiga yo'l qo'yilmasligi haqida ogohlantirishlar yuborish;
ü davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning
rahbarlariga bola huquqlari to'g'risidagi qonunchilik buzilishlari, ularga
imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko'rib
chiqilishi majburiy bo'lgan
taqdimnomalar kiritish;
ü harakatlari yoki harakatsizligida bola huquqlari
buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risida tegishli
organlarga iltimosnomalar kiritish
huquqiga ega.
Vakil har yili, hisobot yilidan
keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bola
huquqlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilish holati haqida ma'ruza
taqdim etadi.
Vakil bolaga nisbatan qiynoqqa
solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
muomala hamda jazo turlarini qo'llashning oldini olish bo'yicha choralar
ko'radi.
Bola huquqlari bo'yicha vakil o'zining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi
vakilini tayinlaydi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee