O‘zbekiston Respublikasi hdudida ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib keltirilayotgan o‘ynchoqlar “O‘yin va o‘ynchoqlarni bolalar sog‘ligiga xavfsiz sanitariya gigiyena talablari” nomli 0287-10 sanitariya qoida, me’yor va normativlariga mos bo‘lib organoleptik, mexanik, kimyoviy, fizik ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
O‘ynchoqlar qog‘oz, karton, teri, mato, metall, rezina, plastmassa, mo‘yna, shisha, farfor, taxta, faner va boshqalardan ishlanishi mumkin. Ularga rang berish uchun turli siyoh, gel, lak, grafit, rangli bo‘yoqlar ishlatiladi. O‘ynchoqlar xavfsiz bo‘lib bolalarni tanasiga jarohat yetkazmasligi uchun ularni qirralari tekis bo‘lishi talab etiladi, o‘ynchoqlar mustahkam bo‘lishi kerak, chunki o‘ynchoqdan ajralgan mayda bo‘laklarni bolalar og‘ziga solishi va yutib yuborishi mumkin.
Go‘daklar o‘ynchoqlarni og‘ziga solishadi shunda lak va bo‘yoqlar sifatli bo‘lmagan xolda bolaning so‘lagi ta’sirida erib noxush xolatlar yuzaga kelishi mumkin.
Oxirgi yillar polimer va plastmassadan ishlangan o‘ynchoqlarni turi ko‘paymoqda. Ayrim xususiyatlari nuqtai nazardan bu yaxshi holat, chunki polimer va plastmassadan ishlab chiqilgan o‘ynchoqlar silliq bo‘ladi, ularni yuvish va zararsizlantirish oson bo‘ladi, lekin polimer va plastmassa o‘ynchoqlari sifatsiz bo‘lsa zararli monomerlardan fenol, formaldegid, ftalat, dibutilftalat va boshqa birikmalarni ajratishi mumkin. O‘ynchoqlarni salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida ularda hid bo‘lishi, kimyoviy vositalarni havoga ajralishi, bolalar so‘lagi ta’sirida bo‘yoqlarni erishi, xatto shovqin darajasi o‘rnatilgan sanitariya me’yor va talablardan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli xorijdan olib kelinayotgan va Respublikamizda ishlab chiqilayotgan o‘ynchoqlar ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarda tekshirilib sertifikatga ega bo‘lishlari kerak. Sertifikati bo‘lgan o‘ynchoqlar bolalar sog‘ligi uchun xavfsiz bo‘ladi.
Sifatli va bolalar sog‘lig`i uchun xavfsiz o‘ynchoqlarni olish uchun sotuvchilardan ularni sertifikatini talab qilish maqsadga muvofiq.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee