“Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalariga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlanishiga va tashilishiga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablari” 0059-23-son SanQvaN yangi loyihasi – bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxonalarning joylashuviga, ularning sanitariya-gigiyena holatiga, bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga, saqlash va tashishga, shuningdek, xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Mazkur sanitariya qoidalarni ishlab chiqishda mahsulot xavfsizligiga doir talablar belgilangan Kodeks Alimentarius komissiyasi qoidalari va prinsiplari tavsiyalaridan foydalanilgan.
Shuningdek, ushbu loyihaga quyidagi yangi talablar kiritildi:
✔️tushunchalarga qonun hujjatlariga mos o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan;
✔️ korxonalarning joylashuvi va hududiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga
✔️ bolalar oziq-ovqat mahsulotlarining modda va kimyoviy tarkibiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga;
✔️ bolalar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash choralariga;
✔️ dezinfeksiya, dezinseksiya, dezatizatsiya tadbirlari;
✔️ xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga Kodeks Alimentarius komissiyasi qoidalari va prinsiplari tavsiyalarida berilgan talablariga moslashtirildi.
Sanepidqo`mita Axborot xizmati