Yangiliklar

2024-06-11

BOLALAR YOZGI TA’TILI BOSHLANDI

topics-img

Respublikamizda maktablarda kichik sinflar uchun o‘quv yili yakunlanib, yozgi ta’tilga chiqishdi. Bu esa bolalarning tog‘li hududlarda faoliyati  yo‘lga qo‘yilgan oromgohlarda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkonini beradi.

Bolalarning salomatligiga salbiy ta’sirlar bo‘lmasligi, ta’tilni betalofot va turli xil ovqatdan zaharlanishlarsiz o‘tishida mas’ullardan qat’iy nazorat o‘tkazishni talab qiladi.

 Yozgi “Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari”ning faoliyatini tashkil qilishda oromgoh rahbarlari, ishchilari va tibbiyot xodimlari tomonidan quyidagi talablarga to‘liq baho berish lozim:

1️. Bolalarning yozgi oromgohlari joylashgan joyga bo‘lgan talablarga rioya qilinganligi (bahavoligi, yo‘llarning talabga javob berishi),  atroflarining to‘liq  o‘ralganligi.

2️. Oromgohlarning bino va qurilmalarini talab qilinadigan sanitariya-texnik va gigiyenik talablarga mos ravishda tayyorlanganligi.

3️. Oromgohlarning hududlarida tozalash va obodonlashtirish ishlarining to‘liq va sifatli o‘tkazilganligi.

4️. Jismoniy tarbiya va sport maydonchalariga (inshootlariga) va basseynlarga bo‘lgan sanitariya talablarining bajarilganligi.

5️. Oromgohlarni ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash masalalarining hal qilinganligi, javobgar mutasaddilarning tayinlanganligi.

6️. Oromgohlarda oqava-chiqindi suvni chiqarish (markaziy yoki mahalliy kanalizatsiya) masalalari bo‘yicha sanitariya-gigiyenik talablarning bajarilganligi;.

7️. Yozgi oromgohlarning hududi va xonalarida kundalik tozalash ishlarini o‘tkazilishi uchun sharoit yaratilganligi (tozalash jihozlarining yetarliligi, markirovka qilinganligi va saqlash sharoitining mavjudligi).

8️. Tibbiyot xonalarining to‘liq jihozlanishi, dori-darmon bilan ta’minlanganligi hamda yuritilishi kerak bo‘lgan hujjatlar, ko‘rgazmali qurollarning va tibbiyot xodimlari ish rejalarining tayyorlanganligi.

9️. Bolalarni ovqatlantirishni tashkil etilishi.

a. oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun tayinlangan tashkilotlar va shartnomalarning mavjudligi;

b. oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlashga qo‘yiladigan talablarning hal etilganligi (avtotransport ta’minoti, omborxonalarning talabga javob berishi va h.z.);

c. ovqat tayyorlash xonalarining va ovqatlanish zalining sanitariya-texnik va gigiyenik talablarga javob berishi, ularni jihozlanishi, muzlatgichlar bilan ta’minlanganligi;

d. oshxonada ishlovchi xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, menyu-raskladkalar bo‘yicha javobgarlarning tayinlanganligi;

e. idishlarni yuvish va saqlash sharoitlari talab darajasida tayyorlanganligi, yuvish vositalari bilan ta’minlanganligi;

 Oromgohda chiqindilarni yig‘ish joylarining tashkil etilganligi va tashib ketish tartibi. Profilaktik dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya ishlarining o‘tkazilganligi va mavsum davomi bo‘yicha shartnoma tuzilganligi.

10. Oromgoh rahbarlarining dam olayotgan bolalarga berilishi mumkin bo‘lgan va taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi.

Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlarini yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee