Yangiliklar

2024-05-01

BOLALARNI EMLASH HAQIDAGI SAVOLLARINGIZGA JAVOB BERAMIZ

topics-img

KKV vaksinasi bu nima? Nimasi bilan u KPKdan farqlanadi?

Qizamiq – havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir yuqumli kasallik.

KKV qizilcha-qizamiqqa qarshi vaksina deb talqin qilinadi. Bolalar ushbu vaksina bilan epidemiologik ko’rsatmaga asosan, qizamiq va qizilcha tarqalishining oldini olish maqsadida emlanadi.

 Profilaktik milliy emlash kalendariga muvofiq, bolalar qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi (kombinatsiyalangan) vaksina (KPK) bilan emlanishi shart.

 Organizmning kuchli himoyalanishini ta’minlash uchun KPKning 2️ та dozasi talab qilinadi, qizamiqqa qarshi ikki marotaba emlashni olish kerak.

Ammo epidemiologik ko’rsatmaga asosan, KPKga qo’shimcha ravishda KKV bilan emlash amalga oshiriladi. Qizamiq o’ta og’ir asoratlarga va hatto o’limga ham olib kelishi mumkin.

Ushbu vaksina xavfsiz va samaralidir.

Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327   raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytga kiring.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee