Yangiliklar

2024-05-08

BOLALARNI EMLASH HAQIDAGI SAVOLLARINGIZGA JAVOB BERAMIZ

topics-img

Qizamiqqa emlangan bolalar kasal bo’ladimi ?

Baribir bola qizamiq bilan kasallanadigan bo’lsa, emlashning qanday ahamiyati bor?

Hozirgi paytda ilm-fan yutuqlari tufayli turli xavfli infeksiyalarga qarshi ko’plab vaksinalar mavjud. Ayrim vaksinalar bir umrlik barqaror immunitetni hosil qilsa, boshqalarini Milliy profilaktik emlash jadvaliga ko’rsatilgan muddatlarda yangilab turish kerak.

 Qizamiqqa qarshi vaksinaning 2 ta dozasi 97 foiz himoyani ta’minlaydi. Ammo qizamiq kabi o’ta xavfli infeksion kasalliklar xuruji davrida epidemiologic ko’rsatkichlar bo’yicha vaksinaning qo’shimcha dozasini olish tavsiya qilinadi.  Revaksinatsiya – qayta emlash infeksiyaga qarshi immunitetingizni kuchaytiradi va kasallangan taqdiringizda ham organizmingizga kasallikni yengib o’tishga yordam beradi.

Qizamiq – havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir yuqumli kasallik.

Butun dunyoda qizamiq bolalar o’limining eng keng tarqalgan sabablaridan biri deb hisoblanadi. Shu sababli shunchaki kasaldan tuzalib ketishiga ishonib, bolangizni qizamiqdan keyingi jiddiy asoratlar rivojlanishi xavfi ostida qoldirmang. 

O’zingiz va farzandingizni himoya qiling, o’z vaqtida emlaning!

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee