Yangiliklar

2024-02-05

BOLALARNING ASAB VA TAYANCH-HARAKAT TIZIMLARIGA AKTning SALBIY TA’SIRINI OLDINI OLISH

topics-img

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarda asab va tayanch-harakat tizimlariga AKT ning salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:

 

- 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga AKT yordamida mashgʻulotlar (darslar) oʻtkazilmasligi;

- 5 yoshdagi bolalar uchun rivojlantiruvchi oʻyin shaklidagi darslarda AKT bilan ishlashning tavsiya etilgan uzluksiz davomiyligi 10 daqiqadan, 6 yoshli bolalar uchun esa 15 daqiqadan oshmasligi lozim.

 

- AKTdan foydalanishda: darslar (mashgʻulotlar) kuniga bir marta va haftasiga uch martadan koʻp boʻlmagan hamda bolalarning eng yuqori ish qobiliyatiga ega boʻlgan kunlarda (seshanba, chorshanba va payshanba kunlari) oʻtkazilishi; bolalar bilan darsdan soʻng koʻzning zoʻriqishini va koʻz kasalliklari kelib chiqishini oldini olish maqsadida koʻz mashqi gimnastikasi amalga oshirilishi;

 

- AKT mashgʻulotlarini uyqu, kunduzgi sayr va boshqa koʻngilochar tadbirlar oʻrniga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi;

 

- AKT darslaridan oldin bolalarning jismoniy jihatdan zoʻriqishiga olib kelmaydigan oʻyinlar oʻtkazilishi;

uxlashdan oldin AKT vositalaridan foydalanilmasligi lozim.

 

- Bolalarning yoshidan qat’i nazar, AKT bilan oʻtkaziladigan darslar (mashgʻulotlar) tarbiyachi yoki oʻqituvchi nazoratida oʻtkazilishi lozim.

 

- Oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) tomonidan AKTdan olingan ma’lumotlarni daftarga yozib olishni hisobga olgan holda AKTda uzluksiz ishning davomiyligi quyidagicha boʻlishi lozim:

maktabgacha yoshdagi bolalar uchun (5-7 yosh) 5-7 daqiqa;

I-IV sinf oʻquvchilari uchun 10 daqiqa;

V-IX sinflar uchun darslar 15 daqiqa;

X-XI sinflar hamda oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun darslar 20 daqiqani tashkil etishi kerak.

 

- AKTdan foydalanishning umumiy davomiyligi:

mashgʻulot (dars) interfaol oʻquv doskasidan foydalangan holda oʻtkazilganda 7-10 yoshli bolalar uchun 20 daqiqa, 10 yoshdan katta bolalar uchun 30 daqiqa;

kompyuterdan foydalangan holda oʻtkazilganda I-II sinflar uchun 20 daqiqa,

III-IV sinflar uchun 25 daqiqa, V-IX sinflar uchun 30 daqiqa, X-XI sinflar hamda oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun 35 daqiqadan oshmasligi lozim.

 

- I-IV sinflar uchun oʻquv kuni davomida AKTdan foydalangan holda mashgʻulotlarning optimal soni 1 ta dars, V-VIII sinflar uchun 2 ta dars, IX-XI sinflar hamda oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun 3 ta darsni tashkil etishi lozim.

 

- AKT qoʻllaniladigan darslar (mashgʻulotlar) oʻrtasidagi tanaffus 10 daqiqadan 20 daqiqagacha boʻlishi lozim.

 

- Yuqori sinf oʻquvchilarining darslarda oʻquv rejasiga rioya qilgan holda va profilaktika maqsadida AKT bilan ishlash muddati dars vaqtining 50 foizidan oshmasligi kerak.

 

- Darsdan tashqari AKT mashgʻulotlari haftasiga 2 martadan koʻp boʻlmasligi va mashgʻulotlarning davomiyligi:

II-V sinf oʻquvchilari uchun 60 daqiqadan oshmasligi;

VI va undan yuqori sinf hamda oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun 90 daqiqadan oshmasligi lozim;

maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun esa AKT o‘quv darsi davomiyligi maktab yoshiga bog‘liq.

 

- AKT vosita va uskunalaridan foydalanishga boʻlgan koʻnikmani hosil qilish maqsadida kompyuter oʻquv-tarbiyaviy oʻyinlarini oʻynash vaqti II-V sinf oʻquvchilari uchun 10 daqiqa, yuqori sinf oʻquvchilari uchun 15 daqiqadan oshmasligi kerak.

 

 Bolalar tomonidan shaxsiy kompyuter va boshqa AKT vositalaridan foydalanishning profilaktika choralarini hisobga olgan holda foydalanishning umumiy davomiyligi:

·        toʻgarak va fakultativ mashgʻulotlar uchun haftasiga 2 soatdan oshmasligi;

·        toʻgaraklar va fakultativ mashgʻulotlari oʻquv mashgʻulotlari tugaganidan keyin 50-60 daqiqa oʻtib oʻtkazilishi;

·        toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash esa 1 soatdan koʻp boʻlmasligi lozim

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee