Yangiliklar

2024-06-20

BOSHQARILUVCHI YUQUMLI KASALLIKLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA SEMINARLAR O‘TKAZILMOQDA

topics-img

O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash dasturi hamisha asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Jamiyat salomatligi va ayniqsa bolalar sog‘lig‘i bo‘yicha davlat har tomonlama g‘amg‘o‘rlik qilmoqda. Davlatning muhim yutuqlaridan biri ko‘p yillardan beri milliy emlash dasturiga davlat siyosati sifatida qaralishidir. Bu esa, emlash bilan qamrab olish va yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda rejali emlashni iqtisodiy ta’minotida oldiga qo‘yilgan vazifalarni birgalikda hal qilinishida zamin yaratadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra so‘nggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etyapti. Mamlakatda 2003 yildan buyon emlashdan so‘ng nojo‘ya holatlar ro‘yxatga olinmagan.

Viloyatda yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat barkarorligini ta’minlash, boshqariluvchi yuqumli (qizamiq, poliomiyelit, ko‘kyo‘tal va h.k.) kasalliklarning oldini olish maqsadida, Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining ko‘rsatma xatiga asosan joriy yilning 18-iyun kunidan boshlab, 10-iyul kuniga qadar shahar va tuman markazlaridagi poliklinikalar qoshida immunizatsiya masalalari bilan shug‘ullanadigan tibbiyot xodimlarini tayyorgarligini oshirish maqsadida “Ko‘kyo‘tal, qizamiq, poliomiyelit, difteriya kasalliklari profilaktikasi, boshqariluvchi yuqumli kasalliklariga qarshi rejali va epid ko‘rsatma bo‘yicha emlash, emlashdan keyingi nojo‘ya holatlarni o‘rganish, aholi o‘rtasida xavfsiz emlashni tashkil etish va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini oshirish" mavzusida  Sanepidqo‘mitaning  Farg‘ona viloyat, shahar va tuman immunizatsiya ishlariga mas’ul bosh mutaxassislari tomonidan joylarda seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur seminarlarda tibbiyot xodimlari (vaksinator, epidemiolog, umumiy amaliyot shifokori, immunologlar) ishtirok etmoqda.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcomm