Joriy yilning 28-30-avgust kunlari JSST, Sanepidqo‘mita va uning hududiy boshqarmalari Immunizatsiya ishlariga mas’ul bosh mutaxassislari, SSV Immunizatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy texnik guruh professor-olimlari ishtirokida “Respublikada boshqariluvchi yuqumli kasalliklar, jumladan qizamiq, poliomiyelit kasalliklarini chetdan kirib kelishi va uning oldini olishdagi profilaktik emlash tadbirlarining holati, emlashni elektron reyestrini amaliyotga tatbiq etish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda SSV immunizatsiya ishlari bo‘yicha rahbari, t.f.d. D.Tursunova, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi milliy mutaxassisi R.Latipov, SSV Immunizatsiya masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy texnik guruh a’zosi, t.f.d., professor G.Xalilova, Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi o‘qituvchisi, t.f.d. J.Raxmanova va bosh mutaxassislarning qizamiq, poliomiyelit kasalligining oldini olishga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Respublika aholisi, bolalar salomatligi, epidemiologik vaziyatni barqarorligini ta’minlashda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.
Tadbir doirasida Mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan bir guruh soha xodimlari fidoyi mehnatlari, sog‘lom jamiyatni barpo etishga qo‘shayotgan xizmatlari uchun Sanepidqo‘mitaning tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee