Mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib o‘rin egallash uchun xalqaro standartlarga o‘tish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyalar majmuasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, rasmiylashtirilayotgan xulosalarning xalqaro darajada tan olinishi uchun laboratoriyalarda xalqaro sinov metodlarini joriy etish ishlari ham olib borilmoqda.
Natijada hukumatimizning tegishli qarorlariga asosan rasmiylashtirilayotgan gigiyenik xulosaning nafaqat o'zimizda, balki xalqaro miqyosda tan olinishiga erishishdir.
Joriy yilning 15–16 fevral kunlari Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyalari majmuasi Turkiyaning TURKAK xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan xalqaro sertifikatini qayta tasdiqlash maqsadida Turk akkreditatsiya markazi tomonidan muvofiqlik qoniqarli darajada deb baholandi.
Bu maqomni olish orqali yurtimizda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimiz dunyoning 160 dan ortiq davlatlariga eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xalqaro sertifikat nafaqat aholiga sifati kafolatlangan mahsulotlar yetkazib berish, shuningdek, tabdirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar dunyo bozorlariga kirib borishiga zamin yaratadi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee