SANEPIDQO'MITA
OGOHLANTIRADI!
BOTULIZM
O‘LIM BILAN TUGASHI MUMKIN!
Oxirgi
vaqtlarda Respublikamizning aksariyat shahar va tumanlarida aholi orasida
ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turi, jumladan “Botulizm” kasalligi uchrab
turmoqda.
Holat
yuzaga kelishi oqibatida jabrlanganlar o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat
etmasligi ushbu kasallikning og‘ir kechishi,
o‘lim bilan tugashi kuzatiladi.
Botulizm
kasalligini chaqiruvchi mikroblar ko‘pincha sabzavotlar, qo‘ziqorin, go‘sht va
baliq mahsulotlaridan tayyorlash
texnologiyasiga rioya etmasdan uy sharoitida tayyorlangan, sifatsiz konserva
mahsulotlarida ko‘payib, ularni inson iste’mol qilganida, jarohatlangan teri
yoki og‘ziga solganida kasallik rivojlanishi
mumkin.
Oziq-ovqat
mahsulotlariga botulizm qo‘zg‘atuvchilari turli yo‘llar bilan o‘tadi. Masalan
go‘shtga – hayvon so‘yilayotganda, nimtalanayotganda, baliqlarga esa
qoplamalaridan yoki ichaklaridan tushishi mumkin. Ba’zi hollarda botulizm
tuzlangan baliqlar orqali tarqalishi mumkin.
Sabzavot,
mevalar va qo‘ziqorinlarga botulizm qo‘zg‘atuvchilarini sporalari asosan
tuproqdan o‘tadi. Botulizm qo‘zg‘atuvchilari tashqi muhitga o‘ta chidamli
bo‘lib, 100 haroratda 6 soat, 120 gradusda esa 10 daqiqagacha tirik bo‘ladi.
Botulizm
sporalari qulay sharoitga tushib qolganda, ko‘payib o‘zidan toksin ajratib
chiqaradi. Sporalarni ko‘payishi va o‘zidan toksin ajratib chiqarishi uchun
kislorodsiz muhit qulay hisoblanadi. Shu sababli, botulizm qo‘zg‘atuvchilari
konservalangan mahsulotlarda, vetchina, kolbasa va baliqlarda yaxshi
rivojlanadi.
Sporalarni
rivojlanishi uchun 22-37 daraja eng qulay hisoblanadi. 14 haroratdan past darajada, 10 foizli osh tuzi eritmasida
va 55 foizdan yuqori shakarli muhitda toksin ishlab chiqarishi to‘xtaydi.
KASALLIK
BELGILARI
Botulizm
tayoqchasining ishlab chiqargan zahari qonga tez so‘riladi va juda kuchli
ta’sir qiladi. Kasallikning yashirin davri 2 soatdan 8-10 kungacha, hatto 21
kungacha cho‘zilishi mumkin.
Botulizm
kasalligida markaziy nerv tizimi zararlanishi belgilari kuzatiladi. Botulizm
toksinlari bilan zararlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilgandan keyin 2-3 soat
ichida, ba’zi hollarda esa, bir sutkadan keyin, zaharlangan kishining oshqozoni
behuzur bo‘lib, qayd qiladi. Bosh qattiq og‘riydi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq
yo‘llari quriydi. Ko‘zi xiralashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi
(diplopiya), qovoqlari tushib ketadi (ptoz), bemor yutinishga, chaynashga
qiynaladi.
Botulinotoksinga
asab tizimi, ayniqsa, kuchli sezgir bo‘lganligi uchun, meningial simptomlar
kuzatiladi. Nafas olish, yutish va yurak urish reflekslarining buzilishi
oqibatida o‘lim holatlari kuzatiladi.
Botulizm
kasalligida shifokor kelgunga qadar bemorga ko‘p miqdorda suyuqlik berish
tavsiya qilinadi. Bu esa, oshqozon-ichak yo‘lida mikroblarning zaharli
ta’sirini bir muncha pasaytiradi. Unga qarshi zardob bemorga faqatgina
shifoxona sharoitida qilinadi.
Hozirda botulizm
qo‘zg‘atuvchilarining 6 ta: A, B, C, D, Е, R turlari aniqlangan bo‘lib, eng
ko‘p tarqalgan turlari A, B, Е hisoblanadi. Davolashda spetsifik botulizm
toksinlarini neytralizatsiya qiluvchi anatoksinlardan foydalaniladi. Eng kuchli
toksin A, eng kuchsiz esa С turi hisoblanadi.
Sanepidqo`mita Axborot xizmati